Yangi alifboda yozing.Eski matnni bir zumda ögiring.
Eski yozuvdagi matnni qöying: oʻ, gʻ, sh, ch özi ö, ğ, ş, ç ga almaşadi. Kirill yozuvidagi matn ham ögiriladi. Har kuni yoziş uçun esa iPhone klaviaturasi bor.
Yangi alifbo 2027-yil 22-apreldan kuçga kiradi. Nima özgardi?
- oʻ → ö
- gʻ → ğ
- sh → ş
- ch → ç
- tutuq → ʼ
Rus klaviaturasida yozilgan kirill matn ham ögiriladi: кандай → qanday. Inglizça sözlar özgarmaydi.
Ikki tugma — bitta harf.
Yangi harflar odatdagi tugmalarda: s va h bossangiz, ş çiqadi. Oddiy sh kerak bölsa, h ni yana bir marta bosing.
iPhone uçun klaviatura.
Telegram, Instagram, Notes va boşqa ilovalarda yozasiz. Tugmalar, emoji va titraş xuddi tizim klaviaturasidagidek.
- 1
Ilovani App Store orqali yuklab oling - 2Settings → General → Keyboard
- 3Keyboards → Add New Keyboard…
- 4
Röyxatdan Özbek klaviaturani tanlang - 5Yozayotganda globus tugmasi bilan almaştiring
- Bepul, reklamasiz. Hisob oçiş ham kerak emas.
- Internetga ulanmaydi. Yozganingiz telefondan çiqmaydi.
- Allow Full Access faqat titraş uçun kerak. Yoqmasangiz ham klaviatura işlaydi.
iOS 17 va undan yangi tizimlarda işlaydi.
Mac uçun ham tayyorlanmoqda.
Qoidalar xuddi şunday: o ' ö beradi, s h ş beradi. Oddiy apostrof uçun Option + '. Mac uçun örnatuvçi tez orada şu yerda böladi.
- 1Yuklab olingan faylni oçing.
- 2Tizimdan çiqib, qayta kiring.
- 3System Settings → Keyboard → Text Input → Edit… → + → Özbek
Yangi alifboda nima özgardi?
2027-yil 22-apreldan törtta harf va tutuq belgisi yangiça yoziladi. Qolgan harflar özgarmaydi.
| Eski | Yangi | Misol |
|---|---|---|
| Oʻ oʻ | Ö ö | oʻzbek → özbek |
| Gʻ gʻ | Ğ ğ | togʻ → toğ |
| Sh sh | Ş ş | shahar → şahar |
| Ch ch | Ç ç | choy → çoy |
| tutuq | ʼ | ma'no, maʻno → maʼno |
Katta harflar: Ö, Ğ, Ş, Ç. Masalan, Özbekiston, ŞAHAR.
Oddiy sh: ilgari s va h alohida eşitilsa, sʼh yozilardi: Isʼhoq. Endi ş alohida harf, şuning uçun oddiy sh yetadi: Ishoq.
Klaviatura ham, ögirgiç ham şu qoidalar bilan işlaydi.